Янгиликлар
Янгиликлар
2025-11-06
🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda “Zarafshonda byudjet tashkilotlari oyliklari kechikmoqda” mazmunidagi tarqalgan xabar yuzasidan Zarafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, avval amal qilib kelgan oylik to‘lov tartibini belgilovchi Nizom 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqarilgan. Uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 206-son qarori bilan yangi tartib tasdiqlangan bo‘lib, unda ustama to‘lovlar ish stajiga ko‘ra foizda belgilanishi qayd etilgan.
Mazkur o‘zgarishlar “UzASBO” dasturida texnik cheklovlar yuzaga kelishiga olib kelgan. Cheklov 2025-yil 3-noyabr kuni soat 18:40 da bartaraf etilganidan so‘ng, Zarafshon shahar MMTBga qarashli barcha ta’lim muassasalariga 4-noyabr kuni oylik to‘lovlari to‘liq moliyalashtirilgan.
Shunga ko‘ra, oyliklarning kechikishi texnik sabablar bilan bog‘liq bo‘lib, hozirda muammo to‘liq bartaraf etilgan.