Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida mahallalarda amaliy ishlar davom etmoqda

error

2025-11-06

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev Qiziltepa tumanining “Kulolon” mahallasida bo‘ldi.

Jarayonda rahbar mas’ullar bilan birgalikda mahalladagi xonadonlarda tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati hamda ularda to‘qson bosdi ekinlarining yetishtirilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Unda aholining daromadini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va issiqxona xo‘jaliklarini kengaytirish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.