Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda

error

2025-11-06

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayevning navbatdagi manzili Navbahor tumani “Navkar” mahallasi bo‘ldi.

Davlat rahbarining 330-sonli qarori ijrosi bo'yicha rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning yashash sharoiti, muammo va takliflarini o‘rgandi.

Shuningdek, oilalarning daromad manbalarini oshirish, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Jarayon yakunida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.