Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz

error

2025-11-14

Yurtimiz bo‘ylab 10-noyabrdan 10-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilayotgani munosabati bilan Xatirchi tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassisi Kamil Nurnazarov ishtirok etib, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, qonunchilik va ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash borasida batafsil tushuntirishlar berdi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning mas’uliyati ekani ta’kidlanib, xodimlar halollik va poklik tamoyillariga amal qilish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Korrupsiyaga qarshi kurash–bu faqat davlatning emas, har bir halol fuqaroning burchidir.