Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

error

2025-11-20

10-noyabrdan 10-dekabrga qadar e’lon qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida G‘ozg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassisi Kamil Nurnazarov ishtirok etib, xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va halollik tamoyillarini mustahkamlash borasida keng qamrovli tushuntirishlar berdi.

Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qildi.