Янгиликлар
Янгиликлар
2025-12-03
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlar davom etmoqda
Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev boshchiligidagi ishchi guruh Nurota tumanining “Bo‘ston” mahallasida bo‘lib, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan xonadonlarda manzilli o‘rganish ishlari olib bordi.
Jarayon davomida oilalarning kundalik turmushi, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni barqaror daromadga ega qilish bo‘yicha aniq taklif va yo‘nalishlar belgilandi.
Ishsiz a’zolarni ish bilan ta’minlash, oilaviy daromadni oshirishga xizmat qiladigan loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha doimiy monitoring o‘rnatilib, jarayon to‘liq nazoratga olindi.
Навоий вилояти Камбағалликни қисқартириш ва Бандлик бош бошқармаси
Сайт материалларидан фойдаланганда,
ушбу сайтга хавола
кўрсатилиши шарт
Матнда хатолик топдингизми? Сичқонча билан белгилаб, Ctrl+Enter тугмаларини босинг