Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#RASMIY MUNOSABAT

error

2026-01-07

Ijtimoiy tarmoqlarda “Kasallik varaqasi: Qonun ustunmi yoki korxona ichki talabi?” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Xabarda keltirilishicha, Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Daugiztau transport sexida faoliyat yurituvchi xodim Erkin Abdullayev sog‘lig‘i yomonlashgani sababli amaldagi qonunchilikka muvofiq, o‘zi yashab turgan hudud — Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi tibbiyot muassasasidan mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan.

Mazkur hujjat korxonaning kadrlar bo‘limiga taqdim etilganda, kasallik varaqasi faqat Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Uchquduq tumanidagi tibbiyot muassasasidan berilgan bo‘lishi lozimligi vaj qilib ko‘rsatilgan hamda hujjat qabul qilinmagan.

Ushbu holat viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi huzuridagi hududiy Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mehnatga layoqatsizlik varaqasi amaldagi qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirilgani aniqlanib, fuqaro Erkin Abdullayevning huquqlari tiklandi hamda masala uning foydasiga ijobiy hal etildi.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli tartibda tushuntirish va choralar ko‘rilganligini ma’lum qilamiz.