Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#kelajak_kasblari

error

2026-01-13

Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?

EKOLOGIYA SOHASI...

☘️ Atrof-muhitni muhofaza qilish xodimlari yaqin kelajakda ob-havo va global iqlimga taʼsir qila olish darajasiga yetishadi.

Shuningdek, ular atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurash olib borishadi va hattoki yer qimirlashi hamda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan boshqa tabiiy ofatlarni qisqa muddatlarda bashorat qilishadi.

1. Ekologik auditor – korxonalar, binolar va boshqa infratuzilma va inshootlarning atrof-muhitga mosligini tekshiradigan mustaqil ekspert.

2. Agroekolog – qishloq xo‘jaligi balansini tiklab, ekinlar va bioyoqilg‘ini yetishtiradi.

3. “Yashil” transport muhandisi – atrof-muhitga salbiy taʼsir darajasini kamaytirishga yordam beradigan transport turlari va tizimlarini ishlab chiqadigan mutaxassis.

4. Qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis – chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqadigan xodim. Resurs sarfini kamaytirish bo‘yicha korxona faoliyatini yaxshilaydi.