Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

KO'CHAT EKIB DAVLATDAN SUBSIDIYA OLING!

error

2026-01-15

🌳100 ta daraxt eking — davlatdan subsidiya oling!

📌 Vazirlar Mahkamasining "Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish orqali kambagʻal aholi bandligini taʼminlash va ularning daromadini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 798-son qaroriga (https://lex.uz/docs/7926786) ko‘ra:

✅Kambag‘al oila a'zolari o‘rmon fondi yerlarida faoliyat yuritishga oilaviy pudrat shartnomasi asosida jalb etiladi;

✅Ushbu yer uchastkalarida daraxt ekish, ko‘chat va dorivor o‘simliklar, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish qo‘llab-quvvatlanadi;

✅Talabgorlar ro'yxati har yili yanvar va avgust oylarida "Mahalla yettiligi" tomonidan shakllantirilib, tegishli davlat oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlariga taqdim etiladi.  

💰 Subsidiyalar:

🌳 Har 100 ta ekilgan daraxt uchun — «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi mablagʻlar hisobidan BHMning 1 baravari miqdorida (412 000 so‘m) subsidiya ajratiladi.

📌 Subsidiyalar belgilangan tartibda, tasdiqlangan ro‘yxat va hisob-kitoblar asosida ajratilib, barqaror daromad manbalari yaratiladi.

🌱Koʻchatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkilotlari tomonidan kambagʻal oila aʼzolariga bepul yetkazib beriladi.