Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Kambag‘al oilalar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha manzilli ishlar

error

2026-01-17

Bugun viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev mas’ullar bilan birgalikda Navbahor tumanidagi “Navkar” mahallasida bo‘ldi.

Jarayon davomida rahbar  kambag‘al oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini atroflicha o‘rgandi.

Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida ishsiz a’zolar bandligini ta’minlash, barqaror va doimiy daromad manbalarini yaratish, shuningdek oilaviy daromadlarni oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda mas’ul mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklatilib, belgilangan topshiriqlar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Jarayon davomida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.