Янгиликлар
Янгиликлар
2026-01-20
Tomorqa imkoniyatlari: grant, subsidiya va imtiyozlar
✍️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
Unda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 317-sonli qarori (https://www.lex.uz/uz/docs/-7524309#-7528228)asosida quyidagi imkoniyatlar keng tushuntirilmoqda:
💰 GRANT, SUBSIDIYA, KREDIT VA LIZING
🌾 “Bir kontur – bir mahsulot”
🏡 “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyillari
🔹 Asosiy qo‘llab-quvvatlashlar:
✅ Namunali tomorqalar uchun grantlar;
✅ Usta dehqonlar uchun o‘quv kurslari subsidiyasi;
✅ Eksportbop mahsulot yetishtiruvchilarga 100 mln so‘mgacha yordam;
✅ Suv tanqis hududlarda quduq va irrigatsiya uchun 100% gacha subsidiya;
✅ Ombor, quritish va qadoqlash uskunalari uchun 30% gacha subsidiya;
✅ Namunali tomorqalar, tokzorlar, o‘quv-tajriba yer uchastkalari;
✅ 7 yilgacha imtiyozli kreditlar;
✅ Issiqxona va uskunalar uchun lizing imkoniyati.
👉 Mazkur imkoniyatlardan foydalanish uchun mahallangizdagi hokim yordamchisiga murojaat qiling.
🌱 Tomorqangizni rivojlantiring — daromadingizni oshiring!
Batafsil: ✈️ https://gov.uz/oz/bv/news/view/121788