Янгиликлар
Янгиликлар
2026-01-21
Bugun viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev mas’ullar bilan birgalikda Karmana tumanida kambag‘allik va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan “Ko‘hna qo‘rg‘on” mahallasida bo‘ldi.
Jarayon davomida mahallaning mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holati atroflicha o‘rganilib, aholi bandligini ta’minlash orqali hududni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish masalalari muhokama qilindi. Mahalla “yettiligi” vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda har bir xonadon kesimida muammolar tahlil qilinib, ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni doimiy va daromadli mehnatga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, mas’ullarga mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, manzilli bandlik choralarini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va natijadorlikka erishish yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. Mazkur ishlar orqali “Ko‘hna qo‘rg‘on” mahallasini bosqichma-bosqich kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish ko‘zda tutilmoqda.