Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Karmana tumanida kambag‘al oilalar bandligini ta’minlashga qaratilgan mevali bog‘ barpo etilmoqda

error

2026-01-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-64-son qarori ijrosi doirasida hududlarda amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq, Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan tartib asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan Karmana tumanining “Malik” mahallasi hududida 70 gektar yer maydonida kambag‘al oilalar uchun muayyan muddatga tekin foydalanish sharti bilan mevali bog‘ barpo etilmoqda.

Loyiha aholini barqaror daromad manbai bilan ta’minlash, ularni mehnatga jalb etish hamda kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilishi rejalashtirilgan. Ushbu bog‘da olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev joyiga borib, amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishdi hamda mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Mazkur tashabbus kelgusida mahalla aholisining bandligini oshirish, oilaviy daromadlarni ko‘paytirish va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.