Янгиликлар
Янгиликлар
2026-01-22
➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda “Uchquduq tumanida politexnikum bitiruvchisining ishga joylashish masalasida yuzaga kelgan holatdan norozi bo‘lingani” yuzasidan murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganishlar davomida fuqaro Ruslan Mustafoyev Uchquduq tumanidagi 2-sonli Politexnikumni “Elektr stansiyalari uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha chilangar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagani ma'lum bo'ldi.
Aniqlanishicha, bugungi kun xolatida Uchquduq tumanida fuqaroning mazkur mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emasligi sababli, Uchquduq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan mutaxassislik talab etilmaydigan bir nechta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan. Biroq fuqaro ushbu taklif etilgan ish o‘rinlarini rad etib, aynan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi, “Navoiyuran” DK Uchquduq ishlab chiqarish maydoni hamda Elektr tarmoqlari Uchquduq filialida ishga joylashish istagini bildirgan.
Mazkur holatga ko‘ra, korxona va tashkilotlarda fuqaroning mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emasligi aniqlangan. Shu bilan birga, fuqaroning ushbu tashkilotlarda bo‘sh ish o‘rinlari yuzaga kelgan taqdirda mustaqil ravishda hujjat topshirish huquqiga ega ekanligi tushuntirilgan.
Fuqaroning murojaati Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, fuqaro bilan kelgusida ham doimiy aloqa olib borilishi ma’lum qilingan.
Bundan tashqari fuqaroning talabiga asosan Navoiy viloyati kambag'allikni qisqartish va bandlik boshqarmasi tomonidan “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi, “Navoiyuran” DK hamda Elektr tarmoqlari Navoiy viloyat boshqarmalariga fuqaroni murojaatini qanoatlantirish maqsadida rasmiy xat yuborilganligi ma'lum qilinadi.