Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Tomorqadan samarali foydalanish orqali aholi bandligi va daromadlari oshirilmoqda

error

2026-01-26

Bugun viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi Lutfullo Xayrullayev masʼullar bilan birgalikda Karmana tumanining Shibzon, Arabxona, Narpay hamda Paxtaobod mahallalarida boʻlib, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish orqali aholi bandligini taʼminlash va yuqori daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, mahallalarda issiqxonachilikni rivojlantirish, xonadonlarni muayyan yoʻnalishlar boʻyicha ixtisoslashtirish hamda tomorqadan daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xonadonbay oʻrganildi. 

Jarayonda aholining doimiy va mavsumiy bandligini taʼminlash, oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda daromadlarni oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.