Янгиликлар
Янгиликлар
2026-01-27
Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev mas’ullar bilan birgalikda Navbahor tumanidagi “Navkar” va “Oq-oltin” mahallalarida bo‘lib, hududlarda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Jarayon davomida hudud imkoniyatlaridan kelib chiqib, xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, ixtisoslashuvdan kelib chiqib xonadonlarda issiqxonachilik faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish, qulupnaychilik, sitrus mevalari yetishtirish va gulchilik yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali doimiy bandlik va barqaror daromadni ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.