Янгиликлар
Янгиликлар
2026-02-02
Yurtimizda kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida mehnatga layoqatli oila a’zolarini bandlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, subsidiyalar ajratish hamda moddiy yordam ko‘rsatish orqali oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev Navbahor tumanidagi "Navkar" mahallasida bo‘lib, kambag‘al oilalar holatini xonadonbay o‘rgandi. O‘rganish jarayonida fuqarolarning mavjud muammolari va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur ishlar kambag‘al oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror daromad manbalarini yaratish hamda turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.