Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

“Dehqonobod” mahallasida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha yangi tashabbuslar

error

2026-02-18

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev hamda tegishli mas’ullar Xatirchi tumanidagi “Dehqonobod” mahallasida bo‘lib, aholi tomorqalarida yo‘lga qo‘yilgan daromadli loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur mahallada 560 ta xonadon mavjud bo‘lib, tomorqalardan samarali foydalanishni yanada kengaytirish maqsadida mas’ullarga mahallani malinachilikka ixtisoslashtirish, qo‘shimcha yo‘nalish sifatida qulupnaychilikni yo‘lga qo‘yish hamda ushbu loyihalar orqali 300 dan ortiq xonadonlarning daromad manbalarini yaratish, oilaviy daromadlarini oshirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.