Янгиликлар
Янгиликлар
2026-02-19
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev mas’ullar bilan birgalikda Navbahor tumanining Navkar mahallasida bo‘lib, rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oilalar holatini xonadonbay o‘rgandi.
O‘rganishlar jarayonida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli tahlil qilinib, ishsiz a’zolarni barqaror ish o‘rinlariga joylashtirish, ularni yuqori daromadli faoliyat turlariga jalb etish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur o'rganish hududda aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromadini oshirish va ularning farovon turmushini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatdi.