Янгиликлар
Янгиликлар
2026-02-19
RASMIY MUNOSABAT
Avval xabar qilinganidek, ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ tarkibidagi Daugiztau konida oshxona xizmati “Family Food Claster” MCHJga topshirilgandan so‘ng bir qator muammolar yuzaga kelgani, mazkur holatlar ishchilarning sog‘lig‘i hamda mehnat huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan murojaat nazoratga olinib, unda keltirilgan vajlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida murojaatda bayon etilgan:
“Ovqatlanish sifati va xavfsizligi”, Sunʼiy monopoliya va raqobatni cheklash“, “sogʻlamlashtirish ovqatlar boʻyicha qonunbuzarliklar”, “nazoratni sustligi va soliq qonunchiligi”, “ishchilarning murojaat va isbotlash huquqlari cheklanishi” toʻgʻrisidagi vajlar Davlat mehnat inspeksiyasining bevosita nazorat vakolatlariga kirmasligini, shu munosabat bilan, yuqorida qayd etilgan masalalar tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan o‘z yo‘nalishi doirasida ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqligi ma’lum qilinadi.
Mazkur javobdan norozi boʻlgan taqdirda, murojaarchilar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunida belgilangan tartibida yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqiga ega ekanliklari tushuntirildi.