Янгиликлар
Янгиликлар
2026-03-24
Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir.
🗓 Ularning davomiyligi odatda, 6 oydan oshmasligi kerak.
Mavsumiy ishlar, jumladan olti oydan ortiq davom etadigan ayrim ishlar ro‘yxati va ularning eng ko‘p davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch tomonlama komissiya bilan kelishilgan holda belgilanadi. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6267746)
Shartnoma tuzish
📝 Mavsumiy ishning xususiyati mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
👉 Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilishda sinov muddati belgilanmaydi.
🏪 Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6267754)
Навоий вилояти Камбағалликни қисқартириш ва Бандлик бош бошқармаси
Сайт материалларидан фойдаланганда,
ушбу сайтга хавола
кўрсатилиши шарт
Матнда хатолик топдингизми? Сичқонча билан белгилаб, Ctrl+Enter тугмаларини босинг