Янгиликлар
Янгиликлар
2026-03-26
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo‘rayev boshchiligidagi ishchi guruh Zarafshon shahridagi 24/7 rejimida faoliyat yuritayotgan “Yoshlar sayilgohi” ko‘chasida bo‘ldi.
Jarayonda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan mazkur hududda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mavjud muammolar ham atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va mulohazalar ilgari surildi.
Навоий вилояти Камбағалликни қисқартириш ва Бандлик бош бошқармаси
Сайт материалларидан фойдаланганда,
ушбу сайтга хавола
кўрсатилиши шарт
Матнда хатолик топдингизми? Сичқонча билан белгилаб, Ctrl+Enter тугмаларини босинг