HOKIM YORDAMCHISINING BIR KUNI ✅ Tomorqachilik tajribasi. ✅ Tadbirkorlik mahorati. ✅ Yangi ish o'rinlari. ✅ Mehnat, daromad va hayot zavqi. ➡️ Navbahor tumanidagi "Saroy" MFY hokim yordamchisi Ulug'bek O'roqov hamda Karmana tumanidagi "Shibzon" MFY hokim yordamchisi Jasur Shakarov faoliyatidan lavha. Batafsil: "Hokim yordamchisi bilan bir kun" dasturida.
25-07-2024
Hamshiramisiz? Germaniyada oyligi salkam 30 mln soʻmdan boshlanadigan ish bor Hamshiralik, davolash ishi, doyalik yoʻnalishlarida kollej yoki texnikum diplomiga ega, 18 dan 39 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar Germaniyaga ham borib ishlashi mumkin. O‘qish, viza, aviachipta va boshqa xarajatlar to‘lab beriladi. Batafsil videorolikda. 👉 Roʻyxatdan oʻtish (https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=689) ▪️OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma (https://t.me/mehnatvazirligi/16535) ▪️ (https://t.me/mehnatvazirligi/16535)Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (https://t.me/mehnatvazirligi/16546)
25-07-2024
➡️ NAVOIY MTRK|«Yuksalish yo'lida» Mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlarni qo'llab quvvatlash orqali yangi ish o'rinlari tashkil etilib, ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlashga erishilmoqda.
25-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 #Bandlik ➡️ Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlikdan minnatdor. Navoiy shahar Matonat mahalla fuqarolar yig'ini misolida. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "MAHALLADA NIMA GAP?" eshittirishida.
25-07-2024
#BIR_SAVOLGA_BIR_JAVOB ➡️SAVOL: 1. Savol: Ishsiz fuqarolar haq to'lanadigan jamoat ishlariga qancha muddatga jalb qilinishi mumkin 🎥 Batafsil: videoda
25-07-2024
Imkoniyatdan imkon topganlar 📎 Navbahor tumani Guliston mahallasi hokim yordamchisi Farxod Bahronov tavsiyasi bilan PQ-306-Qaror asosida 100 mln so'm imtiyozli kredit olib, maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etgan Oydin Ro'ziyeva 2 nafar ishsiz xotin-qizni bandligini ta'minladi. ✅ Shuningdek, Qalandar Elmurodov ham mazkur qaror asosida 100 mln so'm kredit olib g'isht ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'ydi. Natijada 2 nafar mahalladoshini bandligini ta'minladi.
25-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Tomorqa - daromad manbai ➡️ Mirishkorlik borasidagi tajribalarning ommalashishiga zamin yaratilishi har bir hududda bir qarich yerdan ham samarali foydalanib daromad olish imkonini bermoqda. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "MAHALLADA NIMA GAP?" eshittirishida.
19-07-2024
«Bir kelib keting qishlog'imizga» Konimex tumani "Sho'rtepa" MFY hokim yordamchisi Serik Boboqulov tomonidan aholi daromadlarini oshirish, ishsiz bo'lgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida.
19-07-2024
Hokim yordamchisi ko'magi bilan fuqarolar o'z tadbirkorligini yo'lga qo'ymoqda 📝 Navbahor tuman Qorajon mahallasi hokim yordamchisi Orif Qalandarov tomonidan joriy yilning o'tgan davr mobaynida qator ishlar amalga oshirildi. ✅ Xususan, Qorajon mahallasida yashovchi Xolmamat Xolmurodov 50 mln so'm imtiyozli kredit olib, g'isht ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'yib, mahalladoshlarini 4 nafarini bandligini ta'minladi. ✅ Shuningdek, hokim yordamchisi ko'magida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 5 nafar, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash dasturi bo'yicha 7 nafar, PQ-306 Qaror asosida 6 nafar fuqarolarga kreditlar ajratilib, 27 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. ✅ "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da ro'yxatda turgan 6 nafar ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv dastgohlari topshirildi. ✏️ Kasb-hunarga ega bo'lmagan 8 nafar fuqarolar Navoiy shahar "Ishga marhamat" monomarkazida kasb-hunar egallashlariga ko'maklashildi. 🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
19-07-2024
«Maxsus reportaj» Tomorqa-daromad manbai Navoiy shahar misolida.
19-07-2024
Hokim yordamchisi faoliyatidan ➡️Navoiy shahri Binokor mahallasi hokim yordamchisi Bobur Murodqosimov tomonidan joriy yilning olti oyi davomida aholining turmush farovonligini yaxshilash, tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta'minlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. 🔹Xususan, Binokor mahallasida yashovchi Sitora Qurbonova 100 mln so'm imtiyozli kredit olib, oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil qilib, 5 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minladi. 🔹Shuningdek, hokim yordamchisi ko'magida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 9 nafar, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash dasturi bo'yicha 4 nafar, PQ-306 Qaror asosida 8 nafar fuqarolarga kreditlar ajratilib, 35 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. 🔹"Ayollar daftari"da ro'yxatda turgan 3 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. 🔹Kasb-hunarga ega bo'lmagan 14 nafar fuqarolarning Navoiy shahar "Ishga marhamat" monomarkazida o'qishlariga ko'maklashildi. 🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
19-07-2024
Aholi bandligini ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.
19-07-2024
#BIR_SAVOLGA_BIR_JAVOB ➡️SAVOL: 1. Savol: Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari kimlar va ularni ishga joylashtirish bo'yicha qanday kafolatlar mavjud. 🎥 Batafsil: videoda
19-07-2024
Ba’zi firmalar nomidan chet elda ishlash bo’yicha sizga turli xizmatlar taklif etilyaptimi? “Yangicha” firibgarlik usullari haqida-chi, eshitdingizmi? ➡️ Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi. ☎️Ishonch telefoni: 71 202-44-11 📩Pochta manzili: anticorruption@migration.uz 🤖Telegram bot: https://t.me/anticor_migrationbot
19-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 #Bilasizmi? #qonunchilikdagi_yangiliklar 🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "Viloyat yangiliklari" eshittirishida.
19-07-2024
#KIBERMONTH #“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” "Olisdagi yaqinlarim ogoh bo'ling" Navoiy viloyat hududida joriy yilning 1-iyul kunidan 30-iyul kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi internet, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, axborot makonida kiber jinoyatlar qurboni bo‘lishini oldini olishdan iboratdir. Hurmatli hamkasblar va aziz yurtdoshlar, ushbu oylikda faol ishtirok eting!
05-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Mahallada hokim yordamchisi tomonidan aholi farovonligi yo'lida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? ➡️Navbahor tumanidagi "Yaltirabot" mahallasida aholi oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish orqali daromadlarini oshirmoqda. ✅ Mahalladagi hokim yordamchisi Jamshid Tursunov faoliyatidan lavha. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "MAHALLADA NIMA GAP?" eshittirishida.