NAVBAHORDA NAVBATDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI ➡️ Navbahor tumanidagi "Navkar" mahallasi hududida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. 📎 Ushbu yarmarkada tumandagi 12 ta korxona va tashkilotlar hamda xususiy tadbirkorlik sub'yektlari o'zlaridagi mavjud 100 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Yarmarka davomida 28 nafar fuqarolarni bandligini ta'minlashga erishildi. ✏️ Shuningdek, kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan 16 nafar fuqarolarga "Ishga marhamat'' monomarkazida o'qishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
12-06-2024
❗️Hushyor bo‘ling, firibgar firmalar bor Ularning qonuniy faoliyat olb borayotganini qayerdan bilish mumkin? 👉ushbu havolaga kiring (https://gov.uz/bv/pages/xususiy-bandlik-agentliklari-reestri/)
12-06-2024
➡️ Navoiy MTRK |«Diyor 24». Navoiy shahridagi Alisher Navoiy madaniyat va istirohat bog'ida shahar hokimligi hamda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida ishsiz fuqarolar, bitiruvchi va ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
➡️ Navoiy MTRK | «Assalom, yangi kun!». dasturida Karmana tumani "Mirsaid Bahrom" MFY hokim yordamchisi Bekzod Saburov bilan suhbat.
08-06-2024
#OAV_biz_haqimizda Navoiy MTRK | "Imkoniyat". Aholini tadbirkorlikka jalb etish, shuningdek, yangi ish o'rinlari yaratish orqali ishsizlarni bandligini ta'minlash borasidagi ishlar Karmana tumani "KO'HNAQO'RG'ON" mahallasi misolida.
05-06-2024
⛔️#norasmiy_bandlik Agar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlasangiz: 👉Mehnat stajingiz bo‘lmaydi va pensiya ololmaysiz; 👉Ish beruvchi sizni istalgan payt ishdan bo‘shatishi yoki oylik maoshingizni bermasligi mumkin; 👉Noqulay mehnat sharoitlariga duch kelasiz; 👉Bola parvarishi, homiladorlik, tibbiy va mehnat taʼtili pullaridan mahrum bo‘lasiz; 👉Uy, mashina yoki boshqa ehtiyojlar uchun kredit ololmaysiz; 👉O‘zgaruvchan oylik maoshi; 👉Mehnat ta'tilisiz faoliyat; 👉Karyeraning o‘smasligi. Shunday ekan norasmiy mehnatga rozi bo‘lmang!
05-06-2024
#OAV_biz_haqimizda Navoiy MTRK | "Diyor 24". Konimex tumanidagi "Kasb-hunar" maktabida ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
03-06-2024
➡️ «Imkoniyat»: G'ozg'on shahrida aholi farovonligi yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar.
01-06-2024
➡️ «Sayxunobod tajribasi»: Aholi bandligi va daromadini oshirishda o'z samarasini bermoqda.
01-06-2024
#Brifing ➡️ Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari Bahriddin Xamroyev ishtirokida brifing o‘tkazildi. 🎥 Brifingni tomosha qiling! 📎 Mavzu: Majburiy mehnatni oldini olish, korxona va tashkilotlarda xodimlar huquqini himoya qilish borasida 2024-yilning o'tgan davr mobaynida, amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot.
01-06-2024
"Ishga marhamat" monomarkazi — kasbga tayyorlash va tadbirkorlikka jalb qilishda ayni muddao ➡️ Xorijdan qaytib "Ishga marhamat" monomarkazida o'qib o'z kasbiga ega bo'lgan Maqsuda Bozorova fikrlari. ➡️ "Ishga marhamat" monomarkazida o'qib tadbirkorga aylangan yurtdoshimiz Dilafro'z Norqulova hikoyasi.
30-05-2024
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ➡️ «Assalom, yangi kun!». dasturida Navoiy shahridagi "CHINOR" MFY hokim yordamchisi Zilola Tosheva bilan suhbat.
30-05-2024
#OAV_biz_haqimizda Navoiy MTRK | "Diyor 24". Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolarni hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
29-05-2024
Xatirchi tumanida tomorqachilik «Sayxunobod tajribasi» asosida rivojlanmoqda
29-05-2024
Hamshiramisiz? Germaniyada oyligi salkam 30 mln soʻmdan boshlanadigan ish bor Hamshiralik, davolash ishi, doyalik yoʻnalishlarida kollej yoki texnikum diplomiga ega, 18 dan 39 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar Germaniyaga ham borib ishlashi mumkin. O‘qish, viza, aviachipta va boshqa xarajatlar to‘lab beriladi. Batafsil videorolikda. 👉 Roʻyxatdan oʻtish (https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=689) ▪️OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma (https://t.me/mehnatvazirligi/16535) ▪️ (https://t.me/mehnatvazirligi/16535)Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (https://t.me/mehnatvazirligi/16546)
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA HOKIM YORDAMCHISINING BIR KUNI ✅ Tomorqachilik tajribasi va tadbirkorlik mahorati. ✅ Yangi ish o'rinlari yaratish. ✅ Mehnat, daromad va hayot zavqi. ➡️ Qiziltepa tumanidagi ZIYOKOR MFY hokim yordamchisi Hayot Ochilov faoliyatidan lavha. 🎥 Batafsil: "Hokim yordamchisi bilan bir kun" dasturida.
25-05-2024
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Aholi bandligi ta'minlanayotganidan mamnunmi? 🎤Navoiy shahridagi "Yoshlar" markazida tashkil etilgan "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tafsiloti. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "MAVZU" eshittirishida.
25-05-2024
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantish borasidagi ishlar Navoiy viloyati misolida 💎Yangi korxonalar va yangi ish o'rinlari. 💎Monomarkazlar faoliyati. 💎Imtiyozli kreditlar va daromad. "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turardim. 30 ta tovuq so‘ragandim, 100 ta berishdi. Ishlaymam degan odam tovuqdan ham daromad topadi, farovon yashaydi, - deydi tadbirkor Lyudmila Mirzayeva.