Янгиликлар
Янгиликлар
2025-11-28
Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Navoiyazot” AJning polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi xodimlari uchun mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, texnologik jarayonlarda xavfsizlikni ta’minlash, ishlab chiqarish obyektlarida hayot va salomatlikni muhofaza qilish kabi masalalar muhokama qilindi. Xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslikning oqibatlari haqida xodimlarga batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, 2025-yil davomida korxona hududida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tahlil qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Навоий вилояти Камбағалликни қисқартириш ва Бандлик бош бошқармаси
Сайт материалларидан фойдаланганда,
ушбу сайтга хавола
кўрсатилиши шарт
Матнда хатолик топдингизми? Сичқонча билан белгилаб, Ctrl+Enter тугмаларини босинг