Ijtimoiy himoyadan - Ijtimoiy tadbirkorlik sari 👥 Navoiy viloyati Navbahor tumanining “Paxtakor” mahallasida yashovchi Shohsanam Xidirova shu paytgacha "Ijtimoiy himoya yagona reyestrda" ro‘yxatda turgandi. Oila o‘rganilganda, turmush o‘rtog‘i va o‘zi parrandachilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Shundan so‘ng, mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida Sh.Xidirovaga 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 💵 Qisqa fursatda Sh.Xidirova 200 dona bedana bilan boshlagan faoliyati kengayib, hozirda xonadonida 3 mingga yaqin bedana yetishtirmoqda. Yiliga esa 60-70 million so‘m daromad topish imkoniyati yaratildi. 🖋 Hozirda Shohsanam Xidirova "Ijtimoiy himoya yagona reyestrda" ro‘yxatdan chiqarilgan bo‘lib, faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.
30-09-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Aholi bandligi 🔹2024-yilning o'tgan 8-oy davomida 2448 nafar ishsiz fuqarolar vaqtinchalik JAMOAT ISHLARIGA jalb qilinib 2 587.2 mld so’m ish haqi to’lovlari amalga oshirildi. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "Xulosa o'zingizdan" eshittirishida.
26-09-2024
| Korrupsiya-Kelajak kushandasi. Shunday tinch va osuda yurtda, go'zal va baxtli yashashni istasangiz korrupsiya yo'l qo'ymang. ✔️Pora olmang - pora bermang ✔️Chunki, pora bergan ham olgan bilan teng javobgardir. ✔️Xalqimiz farovonligi uchun - korrupsiyaga yo'l qo'ymang Siz Kambag'allikni qisqartirish va bandlik tizimida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, ushbu havola orqali @Navoiy_bandlikAntiKorrupsiyabot, yoki korrupsiyaga-qarshi-kurashish Ishonch telefon ☎️+99879-224-13-93 orqali bevosita (24/7 rejimida) murojaat qilishingiz mumkin. ❗️Murojaatingiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini va shaxsingiz sir tutilishini kafolatlaymiz. Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
05-09-2024
Yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda
05-09-2024
Aholi bandligini ta'minlash borasidagi Ishlar. ➡️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktyabrdagi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi JAMOAT ISHLARI JAMG’ARMASI ga asosan 2023-yil davomida Navoiy viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tuman shahar bo’limlari tomonidan jami 3999 nafar ish qidirayotgan ishsiz fuqarolar vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb qilinib ularning ish haqilari uchun JAMOAT ISHLARI JAMG’ARMASI hisobidan 4 074.3 mld so’m to’lovlar amalga oshirilgan. 🔹Shuningdek, 2024-yilning o'tgan 8-oy davomida 2448 nafar ishsiz fuqarolar vaqtinchalik JAMOAT ISHLARIGA jalb qilinib 2 587.2 mld so’m ish haqi to’lovlari amalga oshirildi.
05-09-2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Fаrmoniga asosan Karmana tumani "Mirsaid Bahrom" mahallasi hokim yordamchisi Behzod Savurov Alijon o‘g‘li "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
29-08-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Tomorqa - daromad manbai. ➡️ Qiziltepa tumanidagi "Paxtaobod" hamda Xatirchi tumani "Mirdosh" mahallalarida aholi oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish orqali daromadlarini oshirmoqda. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "MAHALLADA NIMA GAP?" eshittirishida.
29-08-2024
Xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda. Har bir xotin-qiz imtiyoz va imkon sabab o'z hayotini yaxshi tomonga o'zgartirishga farovon yashashga intilmoqda. Birgina Navbahor tumanida ham bugun xotin-qizlar bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka jalb etish, daromadli qilish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
29-08-2024
«Maxsus reportaj» Oilalar farovonligini ta'minlashdagi amaliy ishlar.
29-08-2024
Navoiy MTRK | "Mavzu" Yoshlarga yer ajratish orqali ularning bandligi ta'minlanmoqda.
29-08-2024
Navoiy MTRK | "Assalom yangi kun" dasturida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyat filiali rahbari Farrux Mardonov bilan suhbat.
29-08-2024
Haydovchilar uchun xushxabar. Endi ular Germaniya standartlari asosida o‘zimizda bepul qayta tayyorlanadi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Germaniyalik hamkorlar mablag‘lari hisobidan 2 dona zamonaviy, "yevro-6" standartidagi yuk avtomobili olib kelinib "Vatanparvar" tashkilotiga topshirildi. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Germaniyada 80 mingga yaqin haydovchiga ehtiyoj mavjud. Ushbu bo‘sh ish o‘rinlarini sifatli kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida endilikda ish beruvchilar tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan "CE" toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega, 21 dan 41 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimiz bu yuk avtomobillarida bepul qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilib Germaniyaga tayyor kadr sifatida ishga yuboriladi. @mehnatvazirligi
29-08-2024
#Radio_muloqot 🟣Navoiy shahri Istiqlol MFYda xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish bilan bog'liq tadbirkorlik samarali rivojlanmoqda. 🟣Hokim yordamchisi tavsiyasi bilan mahalladagi 7 ta xonadonga 100 mln imtiyozli kreditlar ajratilib, tadbirkorlar tomonidan yangi ish o'rinlari yaratilmoqda. 🎙Batafsil: “Mahalla” radiokanalining “Mahalla miqyosida” eshittirishida. 💬 Dastur mehmoni Navoiy viloyati Navoiy shahri Istiqlol MFY hokim yordamchisi Jasurbek Xalilov.
23-08-2024
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida hududlarda "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz birlashsak - vatanmiz" shiori ostida ma'naviy tadbirlar bo'lib o'tmoqda
21-08-2024
Navoiy MTRK | "Diyor 24" Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan mustaqillik tengdoshi bo'lgan iste'dodli va intiluvchan "Yangi O'zbekiston va men" yoshlar haqida.
17-08-2024
Navoiy MTRK | «Maxsus reportaj» Aholi bandligi ta'minlanmoqda.
17-08-2024
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat idoralarida qanday bo‘sh ish o‘rinlari bor? Bo‘sh ish o‘rinlariga ariza qanday yuboriladi, ular uchun qanaqa yengilliklar yaratilgan? 👉batafsil videorolikda (https://youtu.be/Ff9ShLP7e-U) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida ayni paytda 200 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxs mehnat faoliyatlarini olib bormoqda. Ularning 130 nafardan ko‘prog‘i joriy yilda ishga qabul qilingan.
17-08-2024
"Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” ✅ Mustaqillik bayrami 33 yilligi arafasida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik tizimida faoliyat yuritayotgan mas'ullar tomonidan kam ta'minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
17-08-2024
#Brifing ➡️ Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o'tgan davri mobaynida kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o'tkazildi. 🎥 Batafsil videoda
16-08-2024
So'ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan samarali natijalar bo'yicha tadbir.