Tomorqa — aholi bandligining barqaror manbai Tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish bugun nafaqat qo‘shimcha daromad manbai, balki aholi bandligini ta’minlashning eng samarali yo‘llaridan biriga aylanmoqda. Tomorqalarda sabzavot, poliz, meva ko‘chatlari yoki issiqxona mahsulotlari yetishtirish orqali oilalar yil davomida o‘z daromadini oshirish bilan birga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu esa ayniqsa chekka hududlarda iqtisodiy faollikni kuchaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va barqaror bandlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shu tariqa, har bir tomorqa — oila farovonligini mustahkamlovchi, bandlikni oshiruvchi va mahalliy iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shuvchi muhim resursga aylanmoqda.
28-11-2025
OLIS MAHALLALARDA IQTISODIY FAOLLIK KUCHAYMOQDA Chekka hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar o‘z samarasini bermoqda. Hududlarda kichik biznes subyektlarining faoliyati kengayib, yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilayotgani natijasida aholi bandligi ta’minlanmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlar fuqarolarning o‘z ishini boshlashiga, mavjud faoliyatini kengaytirishiga va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga xizmat qilmoqda. Natijada chekka mahallalarda ham iqtisodiy faollik oshib, aholining daromad manbalari ko‘paymoqda. Mazkur jarayonlar mahallalarda barqaror bandlikni yo‘lga qo‘yish hamda aholi farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
28-11-2025
Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi 📋Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-son qaroriga asosan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi — vazirlikning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, o‘z faoliyatini bevosita hamda hududiy inspeksiyalari orqali amalga oshiradi. 📽 Batafsil: videoda.
27-11-2025
AHOLI BANDLIGI YO'LIDA Mahallalarda ishsiz fuqarolarni kasbga yo‘naltirish va ularning daromad manbaini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida aholiga imtiyozli kreditlar ajratilib, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Natijada, ko‘plab fuqarolar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, barqaror daromadga ega bo‘lmoqda hamda mahallalarda bandlik darajasi sezilarli oshmoqda.
27-11-2025
🎙“Qo'rg'on” eshittirishida aholi bandligi haqida so‘z yuritildi.
27-11-2025
Tadbirkorlikni rivojlantirish — aholi bandligining muhim omili Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda va bu orqali aholi bandligi tobora oshib bormoqda. Xususan, Xatirchi tumanida ham ushbu yo‘nalishda samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalla aholisi o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Mazkur tashabbuslar nafaqat iqtisodiy faollikni kuchaytirmoqda, balki aholi farovonligini oshirishga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
27-11-2025
Navoiy MTRK | "Assalom, Yangi kun!" Dastur mehmoni Karmana tumanidagi "Sardoba" mahallasi hokim yordamchisi Komil Xudoyberdiyev bilan suhbat.
27-11-2025
Aholi bandligini ta’minlash yo‘lida tizimli ishlar davom etmoqda Navbahor tumanida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolarning daromad manbaini kengaytirish maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, kasanachilik va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Natijada, ko‘plab fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lishmoqda, shuningdek, o‘zining shaxsiy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiy faol bo‘lib bormoqda. Tizimli tarzda olib borilayotgan bu sa’y-harakatlar tumanda bandlik darajasini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim omil bo‘lmoqda.
27-11-2025
Tadbirkorlikni rivojlantirish — aholi bandligini ta’minlash garovi Qiziltepa tumanining “Gulbog‘” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida izchil ishlar olib borilmoqda. Hududda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida mahalladagi faol fuqarolar bilan birgalikda turli yo‘nalishlardagi tadbirkorlik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada, mahalla aholisi o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, oilaviy daromadini oshirishga erishmoqda. Ushbu tashabbuslar nafaqat mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirishga, balki aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga ham xizmat qilmoqda.
27-11-2025
TADBIRKORLIK RIVOJI - MAHALLA FAROVONLIGINING ASOSI
31-10-2025
➡️ Mahallalarda aholi bandligi ta’minlanmoqda Karmana tumanining “Qahramon” va “Do‘rmon” mahallalarida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallalarda aholining mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatiga jalb etish orqali bandlik darajasi oshirilmoqda.
31-10-2025
➡️ Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlash choralari ko'rilmoqda.
31-10-2025
➡️ Kambag'allikdan farovonlik sari Davlat tomonidan kambag‘al oilalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning daromad manbalarini kengaytirish va farovonligini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
31-10-2025
🎙“Viloyat yangiliklari” eshittirishida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
31-10-2025
➡️ “Sardoba” mahallasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda Bugungi kunda Karmana tumanining “Sardoba” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqarolarni band qilish, kichik tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish va yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur tashabbuslar mahalla aholisining daromad manbaini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilmoqda.
31-10-2025
➡️ Navoiy MTRK | "Assalom, Yangi kun!" Dastur mehmoni Navoiy shahri "Binokor" mahallasi hokim yordamchisi Boburjon Murodqosimov bilan suhbat.
31-10-2025
➡️ Tomorqa — daromad va bandlik manbai Hududlarda tomorqadan samarali foydalanish orqali aholi bandligi ta’minlanmoqda. Natijada ko‘plab oilalar o‘z daromadini oshirib, farovon turmush kechirmoqda.
31-10-2025
➡️ Navbahorda aholi bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda Navbahor tumanining “Yangiyo‘l” va “Armijon” mahallalarida aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda yuqori daromad topish imkoniyatini yaratishga qaratilgan ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallalarda aholiga turli kasb-hunarlarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish uchun sharoit yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda. Ushbu chora-tadbirlar natijasida ko‘plab fuqarolar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lib, yashash sharoitlarini yaxshilab bormoqda.
31-10-2025
➡️ Xorijdan qaytgan fuqarolar bandligi ta’minlanmoqda Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 10 687 nafar migrant xorijdan qaytgan. Shundan 4 392 nafari viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining tuman va shahar bo‘limlari ko‘magida ish bilan ta’minlandi. Qolganlarning bir qismi boshqa yo‘nalishlarda band qilindi. Jumladan: 1 773 nafar fuqaro ishlash maqsadida qaytib xorijga ketgan; 2 776 nafar fuqaro mehnatga layoqatsiz, talaba, bola parvarishida bo‘lgan yoki ishlash istagi bo‘lmagan toifalarga kiradi; 21 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi; 20 nafar migrantga imtiyozli kreditlar ajratilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi. Mazkur chora-tadbirlar xorijdan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va tadbirkorlikka keng jalb etishga xizmat qilmoqda.
31-10-2025
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ➡️ Bug‘irdoq mahallasida aholi bandligi ta’minlanmoqda Xatirchi tumani Bug‘irdoq mahallasida aholining bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Mahallada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasida fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.