Hokim yordamchisi ko'magi bilan fuqarolar o'z tadbirkorligini yo'lga qo'ymoqda 📝 Navbahor tuman Qorajon mahallasi hokim yordamchisi Orif Qalandarov tomonidan joriy yilning o'tgan davr mobaynida qator ishlar amalga oshirildi. ✅ Xususan, Qorajon mahallasida yashovchi Xolmamat Xolmurodov 50 mln so'm imtiyozli kredit olib, g'isht ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'yib, mahalladoshlarini 4 nafarini bandligini ta'minladi. ✅ Shuningdek, hokim yordamchisi ko'magida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 5 nafar, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash dasturi bo'yicha 7 nafar, PQ-306 Qaror asosida 6 nafar fuqarolarga kreditlar ajratilib, 27 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. ✅ "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da ro'yxatda turgan 6 nafar ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv dastgohlari topshirildi. ✏️ Kasb-hunarga ega bo'lmagan 8 nafar fuqarolar Navoiy shahar "Ishga marhamat" monomarkazida kasb-hunar egallashlariga ko'maklashildi. 🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
19-07-2024
«Maxsus reportaj» Tomorqa-daromad manbai Navoiy shahar misolida.
19-07-2024
Hokim yordamchisi faoliyatidan ➡️Navoiy shahri Binokor mahallasi hokim yordamchisi Bobur Murodqosimov tomonidan joriy yilning olti oyi davomida aholining turmush farovonligini yaxshilash, tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta'minlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. 🔹Xususan, Binokor mahallasida yashovchi Sitora Qurbonova 100 mln so'm imtiyozli kredit olib, oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil qilib, 5 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minladi. 🔹Shuningdek, hokim yordamchisi ko'magida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 9 nafar, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash dasturi bo'yicha 4 nafar, PQ-306 Qaror asosida 8 nafar fuqarolarga kreditlar ajratilib, 35 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. 🔹"Ayollar daftari"da ro'yxatda turgan 3 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. 🔹Kasb-hunarga ega bo'lmagan 14 nafar fuqarolarning Navoiy shahar "Ishga marhamat" monomarkazida o'qishlariga ko'maklashildi. 🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
19-07-2024
Aholi bandligini ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.
19-07-2024
#BIR_SAVOLGA_BIR_JAVOB ➡️SAVOL: 1. Savol: Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari kimlar va ularni ishga joylashtirish bo'yicha qanday kafolatlar mavjud. 🎥 Batafsil: videoda
19-07-2024
Ba’zi firmalar nomidan chet elda ishlash bo’yicha sizga turli xizmatlar taklif etilyaptimi? “Yangicha” firibgarlik usullari haqida-chi, eshitdingizmi? ➡️ Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi. ☎️Ishonch telefoni: 71 202-44-11 📩Pochta manzili: anticorruption@migration.uz 🤖Telegram bot: https://t.me/anticor_migrationbot
19-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 #Bilasizmi? #qonunchilikdagi_yangiliklar 🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "Viloyat yangiliklari" eshittirishida.
19-07-2024
#KIBERMONTH #“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” "Olisdagi yaqinlarim ogoh bo'ling" Navoiy viloyat hududida joriy yilning 1-iyul kunidan 30-iyul kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi internet, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, axborot makonida kiber jinoyatlar qurboni bo‘lishini oldini olishdan iboratdir. Hurmatli hamkasblar va aziz yurtdoshlar, ushbu oylikda faol ishtirok eting!
05-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Mahallada hokim yordamchisi tomonidan aholi farovonligi yo'lida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? ➡️Navbahor tumanidagi "Yaltirabot" mahallasida aholi oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish orqali daromadlarini oshirmoqda. ✅ Mahalladagi hokim yordamchisi Jamshid Tursunov faoliyatidan lavha. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "MAHALLADA NIMA GAP?" eshittirishida.
➡️ O'zbekiston 24 | Xotin-qizlar bandligini ta'minlashda olib borilayotgan islohotlar Uchquduq tumani misolida.
03-07-2024
#Kiberxavfsizlik Navoiy viloyatida «Kibermadaniyatni yuksaltirish» oyligi munosabati bilan keng qamrovli profilaktik ishlar olib borilmoqda.
03-07-2024
Hokim yordamchisi nimalar bilan band? ➡️ Aholi turmush tarzini yanada yaxshilash va bandligini ta'minlash yo'lidagi ishlar davom etmoqda. Xususan, Xatirchi tumanidagi "Novja" mahallasida tadbirkorlikka yo'naltirish, oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish orqali aholi daromadlari oshirilmoqda. Bu kabi amaliy ishlar farovon oilalar soni ko'payishiga xizmat qilmoqda. 🔹 Yil boshidan buyon mahallamizda 64 ta ishsiz aniqlanib, ulardan 39 nafarining bandligi ta'minlashga erishildi - deydi Xatirchi tumani Novja MFY hokim yordamchisi Nurbek Boborahmatov.
02-07-2024
❗️Kiberjinoyatchilikdan ogoh bo'ling Ijtimoiy tarmoqlarda turli xil ko‘rinishlarda virusli dastur va soxta havolalar tarqalmoqda! 🔊ogoh bo'ling❗️
02-07-2024
«Maxsus reportaj» Aholi bandligini ta'minlash, farovonligini oshirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar Xatirchi tumani misolida.
01-07-2024
➡️ Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan fuqarolarni bandligini ta'minlash borasidagi amaliy ishlar Navoiy shahar misolida. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "INSON QADRI" eshittirishida.
01-07-2024
➡️ Navoiy MTRK |«Diyor 24» Ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida Navbahor tumani "Navkar" MFY da bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
01-07-2024
➡️ O'zbekiston 24 | Aholi turmush farovonligi yaxshilanmoqda
24-06-2024
Hokim yordamchisi yordami bilan... Imtiyozli kredit asosida tikuv moshinasi olib, daromadlaridan issiqxona barpo etgan tadbirkor ayol. Yil boshidan buyon mahallamizda 68 ta ishsiz aniqlanib, ulardan 57 nafarining bandligi ta'minlandi - deydi Navbahor tumani Karvon MFY hokim yordamchisi G'iyos Umrzoqov.
24-06-2024
➡️ Navoiy MTRK |«Maxsus reportaj» "Ayollar daftari" dagi Xotin-qizlar bandligini ta'minlash borasidagi amaliy ishlar Konimex tuman misolida.