Mahsulotlarining 60 foizini eksport qilayotgan tadbirkor ayol ➡️ Bugungi kunda mazkur korxonada 80 nafardan ortiq xotin-qizlarni bandligi ta'minlangan bo'lib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari bir kunda 2 ming donani tashkil etadi. Shuningdek, ushbu korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiya davlatiga ham eksport qilinmoqda.
30-09-2024
Navoiy viloyati Xatirchi tumani "Novja" MFY hokim yordamchisi Nurbek Boborahmatov faoliyati. Batafsil: "Hokim yordamchisi bilan bir kun" dasturida.
30-09-2024
"Imkoniyat" Xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda Nurota tumanida hozirgi kunda ish bilan band bo'lgan 13939 nafar ishchi xodimning 7660 nafarini ayollar tashkil etadi. Bugun tumanda faoliyat yuritayotgan tekstil korxona Nurotalik 100 nafar xotin-qizlar bandligini ta'minladi.
30-09-2024
Bitiruvchi yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi Navoiy shahrida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 92 ta korxona va tashkilot 9912 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarkada 1108 nafar bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda ishsiz kasb-hunarga ega bo'lmagan 76 nafar fuqaroga, monomarkazlarga o'qishlari uchun yo'llanmalar berildi. Shuningdek, 110 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan fuqarolarga, subsidiya va imtiyozli kreditlar uchun tavsiyanomalar ajratildi. Jarayonda, 321 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo'yicha maslahatlar berildi.
30-09-2024
Ijtimoiy himoyadan - Ijtimoiy tadbirkorlik sari 👥 Navoiy viloyati Navbahor tumanining “Paxtakor” mahallasida yashovchi Shohsanam Xidirova shu paytgacha "Ijtimoiy himoya yagona reyestrda" ro‘yxatda turgandi. Oila o‘rganilganda, turmush o‘rtog‘i va o‘zi parrandachilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Shundan so‘ng, mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida Sh.Xidirovaga 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 💵 Qisqa fursatda Sh.Xidirova 200 dona bedana bilan boshlagan faoliyati kengayib, hozirda xonadonida 3 mingga yaqin bedana yetishtirmoqda. Yiliga esa 60-70 million so‘m daromad topish imkoniyati yaratildi. 🖋 Hozirda Shohsanam Xidirova "Ijtimoiy himoya yagona reyestrda" ro‘yxatdan chiqarilgan bo‘lib, faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.
30-09-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Aholi bandligi 🔹2024-yilning o'tgan 8-oy davomida 2448 nafar ishsiz fuqarolar vaqtinchalik JAMOAT ISHLARIGA jalb qilinib 2 587.2 mld so’m ish haqi to’lovlari amalga oshirildi. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "Xulosa o'zingizdan" eshittirishida.
26-09-2024
| Korrupsiya-Kelajak kushandasi. Shunday tinch va osuda yurtda, go'zal va baxtli yashashni istasangiz korrupsiya yo'l qo'ymang. ✔️Pora olmang - pora bermang ✔️Chunki, pora bergan ham olgan bilan teng javobgardir. ✔️Xalqimiz farovonligi uchun - korrupsiyaga yo'l qo'ymang Siz Kambag'allikni qisqartirish va bandlik tizimida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, ushbu havola orqali @Navoiy_bandlikAntiKorrupsiyabot, yoki korrupsiyaga-qarshi-kurashish Ishonch telefon ☎️+99879-224-13-93 orqali bevosita (24/7 rejimida) murojaat qilishingiz mumkin. ❗️Murojaatingiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini va shaxsingiz sir tutilishini kafolatlaymiz. Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
05-09-2024
Yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda
05-09-2024
Aholi bandligini ta'minlash borasidagi Ishlar. ➡️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktyabrdagi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi JAMOAT ISHLARI JAMG’ARMASI ga asosan 2023-yil davomida Navoiy viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tuman shahar bo’limlari tomonidan jami 3999 nafar ish qidirayotgan ishsiz fuqarolar vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb qilinib ularning ish haqilari uchun JAMOAT ISHLARI JAMG’ARMASI hisobidan 4 074.3 mld so’m to’lovlar amalga oshirilgan. 🔹Shuningdek, 2024-yilning o'tgan 8-oy davomida 2448 nafar ishsiz fuqarolar vaqtinchalik JAMOAT ISHLARIGA jalb qilinib 2 587.2 mld so’m ish haqi to’lovlari amalga oshirildi.
05-09-2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Fаrmoniga asosan Karmana tumani "Mirsaid Bahrom" mahallasi hokim yordamchisi Behzod Savurov Alijon o‘g‘li "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
29-08-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Tomorqa - daromad manbai. ➡️ Qiziltepa tumanidagi "Paxtaobod" hamda Xatirchi tumani "Mirdosh" mahallalarida aholi oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish orqali daromadlarini oshirmoqda. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "MAHALLADA NIMA GAP?" eshittirishida.
29-08-2024
Xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda. Har bir xotin-qiz imtiyoz va imkon sabab o'z hayotini yaxshi tomonga o'zgartirishga farovon yashashga intilmoqda. Birgina Navbahor tumanida ham bugun xotin-qizlar bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka jalb etish, daromadli qilish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
29-08-2024
«Maxsus reportaj» Oilalar farovonligini ta'minlashdagi amaliy ishlar.
29-08-2024
Navoiy MTRK | "Mavzu" Yoshlarga yer ajratish orqali ularning bandligi ta'minlanmoqda.
29-08-2024
Navoiy MTRK | "Assalom yangi kun" dasturida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyat filiali rahbari Farrux Mardonov bilan suhbat.
29-08-2024
Haydovchilar uchun xushxabar. Endi ular Germaniya standartlari asosida o‘zimizda bepul qayta tayyorlanadi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Germaniyalik hamkorlar mablag‘lari hisobidan 2 dona zamonaviy, "yevro-6" standartidagi yuk avtomobili olib kelinib "Vatanparvar" tashkilotiga topshirildi. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Germaniyada 80 mingga yaqin haydovchiga ehtiyoj mavjud. Ushbu bo‘sh ish o‘rinlarini sifatli kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida endilikda ish beruvchilar tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan "CE" toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega, 21 dan 41 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimiz bu yuk avtomobillarida bepul qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilib Germaniyaga tayyor kadr sifatida ishga yuboriladi. @mehnatvazirligi
29-08-2024
#Radio_muloqot 🟣Navoiy shahri Istiqlol MFYda xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish bilan bog'liq tadbirkorlik samarali rivojlanmoqda. 🟣Hokim yordamchisi tavsiyasi bilan mahalladagi 7 ta xonadonga 100 mln imtiyozli kreditlar ajratilib, tadbirkorlar tomonidan yangi ish o'rinlari yaratilmoqda. 🎙Batafsil: “Mahalla” radiokanalining “Mahalla miqyosida” eshittirishida. 💬 Dastur mehmoni Navoiy viloyati Navoiy shahri Istiqlol MFY hokim yordamchisi Jasurbek Xalilov.
23-08-2024
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida hududlarda "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz birlashsak - vatanmiz" shiori ostida ma'naviy tadbirlar bo'lib o'tmoqda
21-08-2024
Navoiy MTRK | "Diyor 24" Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan mustaqillik tengdoshi bo'lgan iste'dodli va intiluvchan "Yangi O'zbekiston va men" yoshlar haqida.
17-08-2024
Navoiy MTRK | «Maxsus reportaj» Aholi bandligi ta'minlanmoqda.