Karmana tumanidagi "Do'stlik" MFY da ishsiz xotin-qizlar va bitiruvchi yoshlarni bandligini ta'minlash maqsadida “Ishga marhamat” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
06-08-2024
➡️ Navoiy MTRK|«Mahallada duv-duv gap». Mahallalarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini ta'minlashda amalga oshirilayotgan islohotlar.
03-08-2024
Hokim yordamchisi faoliyatidan ⚡️ Navbahor tumani "Paxtakor" mahallasi hokim yordamchisi Abdurashid Abduxalilov aholi turmush farovonligini yaxshilash, tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta'minlash borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda. 🔹 Xususan, "Paxtakor" mahallasida yashovchi Maftuna Oripova hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 50 mln so'm imtiyozli kredit olib, issiqxona va asalarichilik faoliyatini yo'lga qo'ydi bu orqali 4 nafar oila a'zolarini bandligini ta'minladi. ✏️ Mazkur amaliy ko'mak orqali, oilaviy tadbirkorlikni keng yo'lga qo'yishda dasturil amal bo'lib xizmat qilmoqda.
03-08-2024
Imo-ishora (surdo) tilini biz bilan bepul va oson o‘rganing! "Ishga marhamat" monomarkazlarida 3 oyda haqiqiy surdo tarjimon bo‘lib yetishasiz. Shuningdek, bu yerda: ▪️payvandchi, elektrik , konditsioner ustasi kabi 30 ga yaqin yo‘nalishlarda tahsil olishingiz mumkin. 👉 Monomarkazlar manzili va telefon raqamlari.
26-07-2024
➡️ O'zbekiston 24| Hokim yordamchilari aholi bandligini ta'minlashda ko'makchi bo'lmoqda
26-07-2024
#Sarhisob 2024 - yilning 6 oy davomida 219 ta ishchi xodimlarning ish haqi undirib berildi Bugun mamlakatimizda fuqarolarning haq-huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko'tarildi. Eng muhimi, hech bir murojaat e'tibordan chetda qolayotgani yo'q. Buni Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan birgina 2024-yilning o'tgan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar misolida ham ko'rish mumkin. 📺 Batafsil videoda
26-07-2024
Hokim yordamchisi ko'magi bilan tadbirkorga aylangan ayol 📝 Navbahor tumani "Oq-oltin" MFYda istiqomat qiluvchi Boboqiz Husanova mahalladagi hokim yordamchisi Azimjon Boymirzayev tavsiyasi asosida 33 mln so'm imtiyozli kredit olib, 2 sotixli issiqxona tashkil etdi. 📎 Mazkur issiqxonada 1200 tup atirgul ko'chatini ekib gulchilik faoliyatini yo’lga qo’ydi. Boboqiz Husanova hozirgi kunda tadbirkorligi ortidan oyiga 7-8 mln so'm oilasiga qo’shimcha daromad keltirmoqda. 📹 Batafsil videoda
26-07-2024
#O'z_kelajagimga_o'zim_investor (https://t.me/Qashqadaryodabandlikyangiliklari) Mehnat qilgan kam bo'lmaydi ⚡️Navbahorlik Baxtiyor Xamroyev Rossiya davlatida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytdi. Yurtimizga kelgach o'z sarmoyasiga xonadonida tadbirkorlik faoliyatini boshladi. U avvaliga issiqxona tashkil etib bandligini ta'minladi. 🔹 Samarali mehnati ortidan oilaviy farovonligi yaxshilanib, daromadidan asalarichilikni yo'lga qo'ydi. Yuqori daromad esa faoliyat samaradorligini oshirmoqda. 📹 Batafsil videoda 🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
26-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Hokim yordamchisi ko‘magi bilan aholi daromadi oshmoqda ➡️ Karmana tumani "Yangi hayot" mahallasida yashovchi Zoxidjon Nurmatov oilasiga qo'shimcha daromad qilish maqsadida, dastlab 5 bosh chorva olgan bo'lsa, hokim yordamchisi tavsiyasi bilan 33 million so‘m imtiyozli kredit evaziga, tadbirkorlikni boshlab chorva sonini ko'paytirdi. ✏️ Ayni vaqtga kelib Zoxidjon Nurmatovning mehnati ortidan daromadi ko'payib chorvalar soni 50 taga ko'paydi. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "viloyat yangiliklari" eshittirishida.
26-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Mahallada hokim yordamchisi tomonidan aholi farovonligi yo'lida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? ➡️ Navbahor tumani Qorajon mahallasi hokim yordamchisi Orif Qalandarov tavsiyasi asosida 50 mln so'm imtiyozli kredit olib, g'isht ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'ygan tadbirkor Xolmamat Xolmurodov 4 nafar mahalladoshini bandligini ta'minladi. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "viloyat yangiliklari" eshittirishida.
25-07-2024
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ➡️ NAVOIY MTRK|«Diyor 24» "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
25-07-2024
#Audiomaqola ⚡️ “Yangi O'zbekiston” gazetasining 2024-yil 19-iyuldagi 144-sonida chop etilgan “Farovonlikning to'rt tajribasi: Navoiyda qanday samara beryapdi? ” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin. Unda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o'tgan olti oyi davomida aholi bandligini ta'minlash borasida olib borilgan islohotlar o'rin olgan. 🔊Batafsil: Audiomaqolada tinglashingiz mumkin.
25-07-2024
HOKIM YORDAMCHISINING BIR KUNI ✅ Tomorqachilik tajribasi. ✅ Tadbirkorlik mahorati. ✅ Yangi ish o'rinlari. ✅ Mehnat, daromad va hayot zavqi. ➡️ Navbahor tumanidagi "Saroy" MFY hokim yordamchisi Ulug'bek O'roqov hamda Karmana tumanidagi "Shibzon" MFY hokim yordamchisi Jasur Shakarov faoliyatidan lavha. Batafsil: "Hokim yordamchisi bilan bir kun" dasturida.
25-07-2024
Hamshiramisiz? Germaniyada oyligi salkam 30 mln soʻmdan boshlanadigan ish bor Hamshiralik, davolash ishi, doyalik yoʻnalishlarida kollej yoki texnikum diplomiga ega, 18 dan 39 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar Germaniyaga ham borib ishlashi mumkin. O‘qish, viza, aviachipta va boshqa xarajatlar to‘lab beriladi. Batafsil videorolikda. 👉 Roʻyxatdan oʻtish (https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=689) ▪️OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma (https://t.me/mehnatvazirligi/16535) ▪️ (https://t.me/mehnatvazirligi/16535)Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (https://t.me/mehnatvazirligi/16546)
25-07-2024
➡️ NAVOIY MTRK|«Yuksalish yo'lida» Mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlarni qo'llab quvvatlash orqali yangi ish o'rinlari tashkil etilib, ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlashga erishilmoqda.
25-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 #Bandlik ➡️ Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlikdan minnatdor. Navoiy shahar Matonat mahalla fuqarolar yig'ini misolida. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "MAHALLADA NIMA GAP?" eshittirishida.
25-07-2024
#BIR_SAVOLGA_BIR_JAVOB ➡️SAVOL: 1. Savol: Ishsiz fuqarolar haq to'lanadigan jamoat ishlariga qancha muddatga jalb qilinishi mumkin 🎥 Batafsil: videoda
25-07-2024
Imkoniyatdan imkon topganlar 📎 Navbahor tumani Guliston mahallasi hokim yordamchisi Farxod Bahronov tavsiyasi bilan PQ-306-Qaror asosida 100 mln so'm imtiyozli kredit olib, maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etgan Oydin Ro'ziyeva 2 nafar ishsiz xotin-qizni bandligini ta'minladi. ✅ Shuningdek, Qalandar Elmurodov ham mazkur qaror asosida 100 mln so'm kredit olib g'isht ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'ydi. Natijada 2 nafar mahalladoshini bandligini ta'minladi.
25-07-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Tomorqa - daromad manbai ➡️ Mirishkorlik borasidagi tajribalarning ommalashishiga zamin yaratilishi har bir hududda bir qarich yerdan ham samarali foydalanib daromad olish imkonini bermoqda. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "MAHALLADA NIMA GAP?" eshittirishida.
19-07-2024
«Bir kelib keting qishlog'imizga» Konimex tumani "Sho'rtepa" MFY hokim yordamchisi Serik Boboqulov tomonidan aholi daromadlarini oshirish, ishsiz bo'lgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida.