Tadbirkorlikni rivojlantirish — aholi bandligini ta’minlash garovi Qiziltepa tumanining “Gulbog‘” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida izchil ishlar olib borilmoqda. Hududda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida mahalladagi faol fuqarolar bilan birgalikda turli yo‘nalishlardagi tadbirkorlik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada, mahalla aholisi o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, oilaviy daromadini oshirishga erishmoqda. Ushbu tashabbuslar nafaqat mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirishga, balki aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga ham xizmat qilmoqda.
27-11-2025
TADBIRKORLIK RIVOJI - MAHALLA FAROVONLIGINING ASOSI
31-10-2025
➡️ Mahallalarda aholi bandligi ta’minlanmoqda Karmana tumanining “Qahramon” va “Do‘rmon” mahallalarida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallalarda aholining mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatiga jalb etish orqali bandlik darajasi oshirilmoqda.
31-10-2025
➡️ Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlash choralari ko'rilmoqda.
31-10-2025
➡️ Kambag'allikdan farovonlik sari Davlat tomonidan kambag‘al oilalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning daromad manbalarini kengaytirish va farovonligini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
31-10-2025
🎙“Viloyat yangiliklari” eshittirishida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
31-10-2025
➡️ “Sardoba” mahallasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda Bugungi kunda Karmana tumanining “Sardoba” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqarolarni band qilish, kichik tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish va yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur tashabbuslar mahalla aholisining daromad manbaini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilmoqda.
31-10-2025
➡️ Navoiy MTRK | "Assalom, Yangi kun!" Dastur mehmoni Navoiy shahri "Binokor" mahallasi hokim yordamchisi Boburjon Murodqosimov bilan suhbat.
31-10-2025
➡️ Tomorqa — daromad va bandlik manbai Hududlarda tomorqadan samarali foydalanish orqali aholi bandligi ta’minlanmoqda. Natijada ko‘plab oilalar o‘z daromadini oshirib, farovon turmush kechirmoqda.
31-10-2025
➡️ Navbahorda aholi bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda Navbahor tumanining “Yangiyo‘l” va “Armijon” mahallalarida aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda yuqori daromad topish imkoniyatini yaratishga qaratilgan ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallalarda aholiga turli kasb-hunarlarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish uchun sharoit yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda. Ushbu chora-tadbirlar natijasida ko‘plab fuqarolar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lib, yashash sharoitlarini yaxshilab bormoqda.
31-10-2025
➡️ Xorijdan qaytgan fuqarolar bandligi ta’minlanmoqda Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 10 687 nafar migrant xorijdan qaytgan. Shundan 4 392 nafari viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining tuman va shahar bo‘limlari ko‘magida ish bilan ta’minlandi. Qolganlarning bir qismi boshqa yo‘nalishlarda band qilindi. Jumladan: 1 773 nafar fuqaro ishlash maqsadida qaytib xorijga ketgan; 2 776 nafar fuqaro mehnatga layoqatsiz, talaba, bola parvarishida bo‘lgan yoki ishlash istagi bo‘lmagan toifalarga kiradi; 21 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi; 20 nafar migrantga imtiyozli kreditlar ajratilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi. Mazkur chora-tadbirlar xorijdan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va tadbirkorlikka keng jalb etishga xizmat qilmoqda.
31-10-2025
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ➡️ Bug‘irdoq mahallasida aholi bandligi ta’minlanmoqda Xatirchi tumani Bug‘irdoq mahallasida aholining bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Mahallada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasida fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
22-07-2025
Navoiy teleradiokanalining «Assalom yangi kun» |Dastur mehmoni Navoiy shahar "Xumo" mahhalasi hokim yordamchisi Shahnoza Xajiyeva bilan suhbat.
22-07-2025
"Usta dehqon" tajribasi yangicha yondashuv 🌏 Konimex tumani “Sho’rtepa” mahallasida 646 ta xonadon mavjud bo‘lib, aholining asosiy ixtisoslashuvi dehqonchilik va chorvachilikdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 317-sonli qaroriga muvofiq, yurtimizda tomorqalardan samarali foydalanish va dehqonchilikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.“Sho’rtepa” mahallasi esa bu borada ilg‘or tajriba maktabiga aylanib bormoqda.
22-07-2025
Aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
21-07-2025
YOSHLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 2024/2025-o‘quv yilining bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda 550 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Mazkur yarmarkada 91 ta tashkilot, korxona va muassasalar o‘zlarining 423 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 97 nafar bitiruvchiga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.
21-07-2025
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 ✅ Qiziltepa tumani Oqmachit mahallasida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "Tadbirkor elga madadkor" eshittirishida.
21-07-2025
#BRIFING ➡️ Qiziltepa tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Mirjalol Bobonazarov ishtirokidagi brifingda tumanda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturining 1-2-mavsumlari doirasida amalga oshirilgan ishlar, 3-mavsum uchun belgilangan vazifalar haqida ma’lumotlar berildi.
21-07-2025
Viloyatda ishsiz fuqarolar va kam ta’minlangan oilalar daromad manbaiga ega bo‘lmoqda 🌿 Viloyatimizda ishsizlikni kamaytirish va aholining daromadlarini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari ishsiz fuqarolar va kam ta’minlangan oilalar a’zolariga ajratilib, ular tomonidan takroriy ekinlar ekilmoqda. 🌱 Bugungi kunga kelib, viloyat bo‘yicha 11 660 gektar yer maydonida takroriy ekin ekish ishlari boshlab yuborildi. Bu tashabbus nafaqat aholining bandligini ta’minlash, balki ularning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
21-07-2025
Xatirchi tumanida aholining farovon hayotini ta'minlash yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda ➡️ Xatirchi tumanida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. ✅ Mahallalarda ehtiyojmand oilalar o‘rganilib, ularni kasbga yo‘naltirish va barqaror daromad manbai yaratish bo‘yicha individual yondashuv yo‘lga qo‘yilgan. ✔️ Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilib, yangi ish o‘rinlari ochilmoqda. Bu esa tumanda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka zamin yaratmoqda.